
Bizning SEO jamoamiz qanday yordam berishi mumkin?
SEO jamoasining xizmatlari juda xilma-xil, chunki ular kichik do‘konlarni mahalliy hududda dominantlikka olib chiqishdan tortib, yirik brendlarga raqobatchilaridan doim o‘zib yurishini ta’minlashgacha ishlarni bajaradi. Muvaffaqiyatimiz turli xil sohadagi iste’dod sohiblari – kompyuter olimlari, tarixchilar, dasturchilar, adabiyotchilar, grafik dizaynerlar va hatto psixologlardan maslahat olib faoliyat yuritishimiz bilan bog‘liq.
83
%
Organik Tabiiy Trafik - O‘sish
52
%
O‘tish Tezligi - Kamayish
38
%
O‘rtacha Tashrif Davomiyligi - O‘sish
27
%
Bir Seansdagi Sahifalar - O‘sish
Hamma birinchi sahifada bo‘lishni xohlaydi, lekin hamma ham u yerda bo‘lishga loyiq emas. Sizning biznesingiz, brendingiz va vebsaytingiz bu huquqni qo‘lga kiritishi kerak.
- Bizning qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO) xizmatlarimiz maqsadi sizning vebsaytingizga yuqori sifatli trafikni yetkazish uchun algoritmik ("tabiiy", "organik" yoki "bepul") qidiruv natijalari ichidagi ko‘rinish ko‘rsatkichini oshirishga qaratilgan.
- Bizning barcha ishlarimiz individual yondashuv asosida bajariladi. Organik strategiyamizda hech qanday sun'iy bot, spam yoki pestitsidlar yo‘q va biz qiladigan har bir SEO kampaniya sizning sanoatingiz, biznesingiz va jamoangiz asosida yuritiladi.
SEO xizmatlarimiz asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
VEBSAYT SEO'SI
Sizning vebsaytingiz tuzilishi, ichki arxitekturasini va qidiruv tizimining algoritmlarida hisobga olingan boshqa muhim elementlarni tahlil qilamiz. Sizning kalit so‘zlaringizni maqsadga muvofiqlashtiramiz va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Biz SEO ning barcha jihatlari, sayt ko‘chirilishidan sxemalarigacha maslahatlar beramiz.
HISOBOT VA TAHLIL
Biz foydali ma'lumotlar yig‘ishni yaxshi ko‘ramiz. Shuning uchun ko‘rinish, tahlillar, konversiya va daromadlar to‘g‘risida oylik hisobotlar beramiz. SEO kampaniyaning natijasi unga sarflangan mablag‘ va qo‘llangan strategiyaning qanchalik mantiqli ekanligiga chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin.
HAVOLA YARATISH
Havola (link) yaratish – bu onlayn marketing uchun eskirgan terminologiya. Ko‘pincha nazardan chetda qoladi yoki va unga loyiq vaqt ajratilmaydi, ammo bu hali ham veb resurslarni baholashda ishlatiladigan asosiy vosita hisoblanadi. Bugungi kunda "havola yaratish" odamlarni sizning brendingiz haqida gapirishlarini ta'minlaydigan kontent marketing, PR va ulashuvlar sonini oshirishni o‘z ichiga oladi.
SEO Maslahat
Biz sizga SEO maqsadlaringizni aniqlashda va siz bilan haqiqiy strategiyani ishlab chiqishda o‘z yordamimizni beramiz. Sizda qo‘llab-quvvatlashga va yo‘nalishga muhtoj ichki marketing jamoangiz bo‘lishi mumkin yoki biz sizning to‘liq SEO jamoangizga aylanishimiz mumkin. Biz ikkala usulda ham ishlaymiz va eng yaxshi yondashuv haqida maslahat beramiz.

Bizning amaliy ishlarimiz
Barcha loyihalarni ko‘rishVeb-sahifaning qanchalik optimalligini bilib oling
Biznesingizning onlayn rivojlanishiga yordam beraylik.
Bizning professional SEO mutaxassislarimiz jamoasi muvaffaqiyatli biznes uchun mukammal sherikdir.