Karkassiz mebellar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan «MEOW» startap loyihasini ochgan yosh tadbirkor, o‘z mahsulotlarini odamlarga eng yaxshi tarzda namoyish etadigan, kompaniyaning zamonaviy, innovatsion falsafasini nazarda tutgan holda mavjud karantin sharoitlaridan kelib chiqib onlayn-do‘konga buyurtma berdi.
Internetdan foydalanuvchilarning aksariyati vebsaytlarga o‘zlarining mobil telefonlaridan kirishlarini hisobga olgan holda, mobil vositalarda ham birday jozibador ko‘rinadigan dizayn yaratish va uni hayotga tatbiq etish juda muhim edi.

Natijada, bir haftadan ham kam vaqt ichida, yosh tadbirkor toza dizayni, ajoyib sezgirligi, funksional imkoniyatlari va tezkor yuklanadigan, O‘zbekistonda eng yaxshilaridan biri bo‘lgan mukammal internet-do‘konga ega bo’ldi.